Magistratura

Magistratura - bu ikki bosqichli ta'lim tizimining ikkinchi bosqichi bo'lib, u erda tinglovchi ikki yil o'qiydi. Oliy maktab magistraturasida o'quv dasturlari nazariyani chuqur o'zlashtirish va tinglovchini ilmiy- tadqiqot yoki kasbiy faoliyatga tayyorlashni nazarda tutadi. Magistraturada darslar yuqori ilmiy salohiyatga ega professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi. O‘qishning ikkinchi yilidan boshlab, har bir magistrant o‘zining ilmiy tadqiqot ishini amalga oshiradi, bunda ularga tajribali o‘qituvchilar orasidan ilmiy rahbarlar biriktiriladi. Tinglovchi ilmiy tadqiqot yo'nalishini tanlaydi, uni o'rganadi va o'quv jarayonining nazariy qismi tugagandan so'ng malakaviy ish - magistrlik dissertatsiyasini himoya qiladi. Shuningdek, o'quv jarayonidatalaba murakkab tahliliy hujjatlarni tayyorlashda pedagogik kompetensiyalar va amaliy ko'nikmalarni egallaydi.

© O'zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va Istiqbolni belgilash Oliy maktabi