Oliy maktabning maqsadi tizimli tahlil va prognozlash sohasida malakali siyosatshunos-tahlilchi mutaxassislarini tayyorlashdir. Shu maqsadda mamlakatimiz rahbariyati tomonidan milliy xavfsizlik tizimida axborot-tahliliy faoliyatni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Tizimli tahlil har qanday davlat siyosatining intellektual asosini tashkil etadi, siyosiy qarorlarni qabul qilish uchun muqobil yechimlarni taqdim etadi. Bir so’z bilan aytganda, tahliliy faoliyat kelgusi o’zgarishlar natijalarining ko’rsatkichidir.
Oliy maktabning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
– axborot-tahliliy faoliyat sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
– milliy xavfsizlikini ta’minlash muammolari, shuningdek, davlatning hayotiy manfaatlariga ta’sir ko’rsatadigan xalqaro va mintaqaviy darajadagi jarayonlar hamda tendentsiyalar bo’yicha tizimli tadqiqotlar o’tkazish;
– axborot-tahliliy ishlar bo‘yicha oliy malakali ilmiy kadrlar tayyorlash.
© O'zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va Istiqbolni belgilash Oliy maktabi