O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI STRATEGIK TAHLIL VA ISTIQBOLNI BELGILASH OLIY MAKTABI

Ilmiy konferentsiyalar va seminarlar

2023 yilning 16 oktyabrida Oliy maktab tashkil topganligining 23 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasi milliy manfаatlarini himoyalashning dolzarb muammolari” mavzusida XX respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Konferensiyadan ko‘zlangan maqsad milliy manfaatlarga tahdidlarni aniqlash hamda ilmiy-tadqiqot va amaliy faoliyat natijalari asosida ularni oldini olish va bartaraf etish choralarini ishlab chiqishdan iborat.