O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI STRATEGIK TAHLIL VA ISTIQBOLNI BELGILASH OLIY MAKTABI

Magistratura

Magistratura – bu ikki bosqichli ta`lim tizimining ikkinchi bosqichi bo`lib, u erda tinglovchi ikki yil o`qiydi. Oliy maktab magistraturasida  o`quv dasturlari nazariyani chuqur o`zlashtirish va tinglovchini ilmiy-tadqiqot yoki kasbiy faoliyatga tayyorlashni nazarda tutadi.

Magistratura dasturlarini yuqori toifali o`qituvchilar boshqaradilar. O`qishning ikkinchi yilidan boshlab har bir magistrantga tajribali o`qituvchilar orasidan rahbar biriktiriladi.

Tinglovchi ilmiy tadqiqot yo`nalishini tanlaydi, uni o`rganadi va o`quv jarayonining nazariy qismi tugagandan so`ng malakaviy ish – magistrlik dissertatsiyasini himoya qiladi. Shuningdek, o`quv jarayonida talaba murakkab tahliliy hujjatlarni tayyorlashda pedagogik kompetensiyalar va amaliy ko`nikmalarni egallaydi.