Oliy maktabning maqsadi tizimli tahlil va prognozlash sohasida siyosatshunos-tahlilchilar mutaxassislarini tayyorlashdir.
Ma’lumki, tahlilchi davlat siyosatining holati, rivojlanishi va istiqbollarini o’rganishda muhim o’rin tutadi.
Siyosiy va iqtisodiy tahlil har qanday davlat siyosatining intellektual asosini tashkil etadi, muqobil qarashni ta’minlaydi. Bir so’z bilan aytganda, tahlil kelgusi o’zgarishlar natijalarining ko’rsatkichidir va oliy ta’lim muassasasi O’zbekiston oldida turgan har qanday murakkab muammolarni hal qilishga qodir bo’lgan aynan shunday kadrlarni tarbiyalash va o’qitishga qaratilgan.
Oliy maktabning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat::
-axborot-tahliliy faoliyat sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
– davlat xavfsizligini ta’minlash muammolari, shuningdek, davlatning hayotiy manfaatlariga ta’sir ko’rsatadigan xalqaro va mintaqaviy darajadagi jarayonlar va tendentsiyalar bo’yicha tizimli tadqiqotlar o’tkazish;
-axborot-tahliliy ishlar yo ‘nalishlari bo’ yicha oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash.