Oliy maktab tizimida ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar olib borishga alohida e’tibor qaratiladi. Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) Prezidiumining 2018-yil 29-dekabrdagi Qaroriga muvofiq tashkil etilgan “23.00.05 – Milliy xavfsizlik muammolarini tizimli tahlil qilish va prognozlash” mutaxassisligi bo‘yicha Ilmiy Kengash faoliyat ko’rsatmoqda.
Mazkur ixtisoslik tarkibida siyosiy, iqtisodiy, yuridik, sotsiologiya va psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) hamda fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini olish uchun dissertatsiyalar himoyasi o‘tkazilmoqda.
Mazkur ixtisoslik bo‘yicha tashkil etilgan Ilmiy kengashda 2020-2023 yillarda
17 ta dissertatsiya himoya qilindi. Bundan tashqari, hozirgi kunda Oliy maktabda 69 nafar mustaqil izlanuvchi o‘z ilmiy tadqiqotlarini olib bormoqdalar. Mustqail izlanuvchi sifatida tadqiqot olib borish uchun hujjatlar har yili 15-sentyabrdan 15-oktyabrga qadar qabul qilinadi.
Bugungi kunda Oliy maktabda 15 nafar ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lgan malakali ustozlar faoliyat yuritmoqda. Jumladan, 4 ta fan doktori, 3 ta fan nomzodi, 7 ta falsafa doktori hamda 3 nafar “professor” va 4 nafar “dotsent”. Shuningdek, maktabning
15 dan ortiq xodimlar milliy xavfsizlikning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan dissertatsiya tadqiqotlari ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.
© O'zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va Istiqbolni belgilash Oliy maktabi