Ilmiy konferensiyalar va Seminarlar

Oliy maktabning asosiy vazifalari sifatida siyosatshunos tahlilchi mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish hamda milliy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi axborot-tahliliy ishlar bo‘yicha ilmiy-uslubiy materiallarni takomillashtirish belgilab berilgan. O‘tgan davrda chop etilgan 600 ga yaqin darslik va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar o‘quv jarayonida keng foydalanib kelinmoqda. Shu bilan birga, OAK tomonidan ro‘yhatga olingan 2 ta ilmiy jurnal: “Oliy maktab Axborotnomasi” va “Tizimli tadqiqotlar” ilmiy jurnali o‘zbek, rus hamda ingliz tillarida yiliga 2 marta nashr etiladi. Shu bilan birgalikda, har yili an’anaviy tarzda “Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi tashkil topgan kun” munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasi milliy manfаatlarini himoyalashning dolzarb muammolari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi hamda mos ravishda maqolalar to‘plami chop etiladi.
Konferensiyadan ko‘zlangan maqsad milliy manfaatlarga tahdidlarni aniqlash hamda ilmiy-tadqiqot va amaliy faoliyat natijalari asosida ularni oldini olish va bartaraf etish choralarini ishlab chiqishdan iborat.

© O'zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va Istiqbolni belgilash Oliy maktabi