Yosh olimlar kengashi

Qolaversa, tinglovchilarning ilmiy, ijodiy va intellektual salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida Oliy maktabda “Yosh olimlar kengashi” va “Yosh siyosatchilar klubi” faoliyat olib bormoqda. Ular o‘rtasida an’anaviy tarzda “Tafakkur sinovlari”, “Zakovat” va “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovlari o‘tkazilib kelinadi. Xususan, “Yosh olimlar kengashi” Oliy maktabda tinglovchilar uchun qulay ilmiy-ijodiy, yuqori intellektual muhitni yaratish, tinglovchilar o‘rtasida o‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan munosabatni shakllantirish, ularning nutq madaniyatini, axborot-tahliliy faoliyatga oid qobiliyatlarini oshirish maqsadida tashkil etilgan. “Yosh olimlar kengashi” asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
– tinglovchilarning ilmiy-tadqiqot va axborot-tahliliy faoliyatini faollashtirish;
– talabalarning maktabning ijtimoiy va kundalik hayotida faol ishtirokini ta’minlash, ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirish;
- oliy o’quv yurtlarida ilmiy-ta’lim jarayonini tashkil etishda tinglovchilarning faol ishtirok etishi uchun shart-sharoitlarni yaratish.
“Yosh olimlar kengashi” o‘quv, ilmiy, tashkiliy, madaniy va sport sohalari bo‘yicha o‘zining bo‘limlariga ega bo‘lib, yil davomida turli tadbirlarni amalga oshirib keladi. Xususan, Kengash a’zolari tomonidan har oyda o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etiladigan “Davr talabi” gazetasi magistrantlarning tahliliy hujjatlarini va ilmiy maqolalarini keng davraga yoritish uchun xizmat qilib kelmoqda. Bundan tashqari, Kengashning sport tadbirlarini tashkil etish yo‘nalishi tomonidan muntazam ravishda tinglovchilar uchun sportning “Mini futbol”, “Voleybol”, “Shaxmat” kabi turlaridan to‘garaklar va musobaqalar tashkil etib boriladi.

© O'zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va Istiqbolni belgilash Oliy maktabi